AQShning Akvort shahrida (Jorjiya shtati) ikki yoshli bola uyidan topib olgan to‘pponchadan o‘zini noxosdan otib qo‘yishi natijasida vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Mahalliy politsiya xodimining ma’lum qilishicha, otasi uyda qoldirib ketgan bola karavotda yotgan o‘q otuvchi qurolni topib olgan. Hodisa yuz bergan paytda uyda undan tashqari yana to‘rt yoshli bola ham bo‘lgan. Fojia sodir bo‘lganda ularning onasi uyda bo‘lmagan.
Politsiyaning ta’kidlashicha, ushbu ish yuzasidan hozircha hech qanday ayblov e’lon qilinmagan. Dastlabki tergov jarayoni olib borilmoqda.
Izoh (0)