27-oktabr kuni BMT Bosh Assambleyasi ko‘pchilik ovozi bilan Vashington tomonidan Kubaning savdo-iqtisodiy qamali bekor qilinishi haqidagi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.
191 ta davlat vakillari rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi. AQSh va Isroilgina qarshi ovoz berdi.
Vashington tomonidan Kubaga nisbatan embargo bekor qilinishiga da’vat etadigan rezolyutsiya ketma-ket 24-yil ovozga qo‘yildi. Kubaga qarshi savdo-iqtisodiy qamalni Vashington 1960-yilda kiritgan edi.
Izoh (0)