AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Brennan avvalroq xakerlar hujumiga uchragan elektron pochtasidan ish bo‘yicha foydalangani haqida o‘ziga qaratilgan tanqidlarni rad etdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
U Jorj Vashington universitetida tashkil qilingan anjumanda xavfsizlik bo‘yicha o‘z majburiyatlarini buzmaganini ta’kidladi.
Brennan, shuningdek, hodisa yuzasidan kuchli xavotirda ekanligini, odamlar bu axborotdan qanday maqsadda foydalanishidan tashvishlanayotganini bildirdi.
MRB rahbarining pochtasi hujumga uchragach, internetda uning manzillar kitobi va rafiqasining ijtimoiy sug‘urta raqami tarqaldi.
Izoh (0)