Daniya harbiy-havo kuchlarining F-16 qiruvchi samolyoti texnik nuqson sababli Shimoliy dengizga qulab tushdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat mudofaa vazirligi vakili polkovnik Anders Reksning ma’lum qilishicha, hodisa o‘quv mashg‘ulotlari paytida sodir bo‘lgan. Uchuvchi katapulta yordamida omon qolgan va qutqaruv vertolyoti tomonidan bortga olingan. Uning salomatligiga hech narsa xavf solmayotgani aytilmoqda.
Qiruvchi samolyot Shimoliy dengizdagi Ryomyo oroli g‘arbida qulab tushgan va qisman cho‘kib ketgan. Mamlakat qurolli kuchlari vakillari hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Izoh (0)