Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Latviya prezidenti bilan uchrashuvi chog‘ida Yevropa Ittifoqini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga chaqirdi. Bu haqda uning vakili Svyatoslav Segolko ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Poroshenko YeXHT chegaralarga qo‘yilmagani, soxta saylovlar bekor qilinmagani, asirlar ozod etilmagani uchun YeIni Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga da’vat qildi”, — deya ta’kidlagan Segolko.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevropa Ittifoqining Rossiyaga nisbatan jazo sanksiyalarini 2016-yil 31-yanvariga qadar uzaytirish haqidagi hujjati Yevroittifoqning rasmiy jurnalida e’lon qilingandi.
Izoh (0)