IBM kompaniyasi Weather Company media xoldingidan ob-havo ma’lumotlari bo‘yicha raqamli biznesni 2 milliard dollar evaziga sotib olishga yaqin turibdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Financial Times’ning vaziyatdan boxabar manbalarga asoslanib xabar berishicha, IBM sinoptiklarning ma’lumotlarini moliya va transport kompaniyalari uchun mo‘ljallangan o‘z servislariga integratsiya qilishni rejalashtirmoqda.
Weather Company’ning ob-havo ma’lumotlari haqidagi mobil dasturi iPad va iPhone egalari orasida juda ommabop bo‘lib, FT’ning yozishicha media xolding bu mobil dasturni bir necha oy avval sotishga qaror qilgandi.
“Servisni sotib olishga bir necha texnologik kompaniyalar, xususan, Google ham da’vogarlik qilayotgandi, biroq IBM’ning harakatlari nisbatan jiddiy, deb ko‘rildi”, — deb yozadi FT.
Ayni vaqtda The Weather Channel telekanali Weather Company ixtiyorida qoladi. Kompaniya egalari Bain Capital investitsion firmasi, Blackstone invest-guruhi va NBCUniversal media kompaniyasi hisoblanadi.
Izoh (0)