Rossiyalik kosmonavtlarning Oyga parvozi va qo‘nishi 2029-yilga mo‘ljallangan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“2029-yili insonni Oyga uchirish va unga qo‘ndirish rejalashtirilgan”, — dedi Rossiyaning “Energiya” raketa-kosmik korporatsiyasi rahbari Vladimir Solnsev Moskvada bo‘lib o‘tgan anjuman chog‘ida.
Ma’lumot uchun, “Energiya” RKK Rossiyadagi yetakchi raketa-kosmik korxonalardan biri hisoblanadi. Avvalroq Rossiya Xitoyning Oy dasturida qatnashishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)