Internet foydalanuvchilari Moskva davlat universiteti psixologiya fakulteti saytida yo‘q sahifani ochishga uringan vaqtda chiqadigan noodatiy 404-sahifa borligini aniqlashdi. Meduza’ning yozishicha, dastlab sahifa quyidagicha, standart ko‘rinishda bo‘ladi:
Biroq sahifada biroz turib qolinsa, u foydalanuvchi bilan gaplashishni boshlaydi.
“Siz bu sahifaga 20 soniyadan beri qarab turibsiz. Hali ham shu yerda ekanligingiz qiziq. Aftidan, siz qaysar odamga o‘xshaysiz. Biroq bu aynan sizga kerak bo‘lgan sahifa emas. To‘g‘risi, bu boshqa sahifa. Siz so‘ragan sahifa mavjud emas. Ha, mayli... Hozir, uni izlashga harakat qilib ko‘raman...”
Meduza’ning qayd etishicha, server kutilganidan ancha vaysaqi bo‘lib chiqqan.
“Fakultetda faqat psixologiya o‘qitiladi. Yana, ilmiy tadqiqotlar ham olib boriladi. Aytmoqchi, siz hozir kim bilan suhbatlashayotganingizni bilasizmi? Sun’iy aql sohasidagi eng yangi ishlanma bilan! Hazil. Men bor-yo‘g‘i ahmoq veb-serverman. Veb-server bo‘lish qiziq ekan, deb o‘ylayapsizmi? Mayli, nolimayman!”
MDU psixologiya fakulteti serveri bilan bu yerda suhbatlashish mumkin.
Izoh (0)