Ko‘plab kino va pop-musiqa yulduzlari bilan ishlagan vizaj ustasi Jeyk Beyli Los-Anjelesdagi kvartirasida o‘lik holda topildi. 37 yoshli Beylining murdasini uning yordamchisi topgan. Bu haqda “Gazeta.ru” ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘limga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan. Bunga koroner — shubhali vaziyatda ro‘y bergan o‘lim hodisalarini o‘rganadigan maxsus ekspert aniqlik kiritadi.
Jeyk Beyli Keti Perri, Anjelina Joli, Kemeron Diaz, Merayya Keri, Selena Gomes kabi Amerika shou-biznesi vakillari bilan hamkorlik qilgan edi.
Izoh (0)