AQSh prezidenti Barak Obama 19-oktabr, dushanba kuni Xalqaro kosmik stansiya ekipajiga qo‘ng‘iroq qilib, astronavt Skott Kellini XKSda bo‘lish vaqti bo‘yicha amerikalik mutaxassislar orasida o‘rnatgan rekordi bilan tabrikladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Telefon orqali suhbat chog‘ida prezident astronavtdan o‘zini qanday his etayotganligini so‘radi.
“Men o‘zimni ajoyib his qilayapman. Anchadan beri shu yerda (XKSda) ekanligimni his etayapman, oldinda esa yana uzoq yo‘l. Biroq missiyani yakunlash uchun menda quvvat va g‘ayrat bilan bog‘liq muammo bo‘lishi mumkin emas”, — deb javob berdi Kelli.
XKS komandiri Skott Kelli 16-oktabr, juma kuni fazoda o‘zining 382 kunini o‘tkazib, amerikalik mutaxassislar orasida XKSda bo‘lish vaqti bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Izoh (0)