Dunyoda eng og‘ir vaznli ayol deb hisoblanadigan amerikalik Katrina Reydford, bir necha yil oldin 400 kilogrammdan ortiq vaznga ega bo‘lib, hozirda ikki barobarga ozdi. Bu haqda Huffington Post keltirgan ma’lumotlarga asoslanib, “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
O‘zini “Yarim tonnali ayol” deb nomlab kelgan Reydford hozir 203 kilogramm og‘irlikdagi vaznga ega. Operatsiya hamda yog‘siz go‘sht va meva-sabzavot mahsulotlarini cheklangan miqdorda tanovul qilishni belgilovchi qattiq parhez uni ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam berdi.
Ayni paytda, amerikalik ayol ortiqcha badan terisi va yana bir-necha o‘n kilogramm vazndan qutilishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)