Apennin yarimorolidagi noqulay ob-havo natijasida Italiyada besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Italiyaning ANSA axborot agentligining ma’lum qilishicha, so‘nggi ikki qurbon – 70 yoshli erkak va ayol kuchli jala yomg‘irlari natijasida yuzaga kelgan seldan qattiq zarar ko‘rgan Benevento shahridan topilgan. Shahar hokimi ofat oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashish uchun harbiylar yetib keladi, deya e’lon qilgan.
Kuchli jala yog‘inlari bilan birga yuzaga kelgan siklon, Apennin yarimorolining markaziy va janubiy qismini ishg‘ol qilgan. Rimga olib boruvchi yo‘llarda Aniyene daryosining xavfli toshqini yuzaga kelganligi to‘g‘risida xabar berilmoqda. Ehtiyot chorasi sifatida, ayrim markaziy hududlarda maktablarning yopilishi e’lon qilindi.
Sinoptiklar berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, yog‘ayotgan yomg‘irlar yaqin kunlarda qisqa muddatga to‘xtab, kelayotgan haftaning boshida yarimorolga yana qaytadi.
Izoh (0)