Norvegiyaning Telenor telekommunikatsiyaviy xoldingi boshqaruv tizimini qayta tashkil etdi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Jumladan, kompaniya Vimpelcom kuratorini o‘zgartirdi. Top-menejmentga endi barcha 13 hududiy bo‘linmaning rahbarlari taqdim etildi.
Bundan tashqari, marketing va texnologiyalar bo‘yicha ijro etuvchi vitse-prezident lavozimlari ta’sis etilib, ularni tegishli tartibda Ruza Sabanovich va Vivek Sud egalladi. Venxe Agerup korporativ masalalar bo‘yicha direktor, Yon Gravrak Digital yo‘nalishi bo‘yicha vitse-prezident etib tayinlandi.
Kompaniya boshqaruvini vitse-prezidentlar Shell Morten Yonsen, Katya Nordgaard, Xenrik Klausen va Martin Furuset tark etadi. Vimpelcom investitsiyalari uchun endi Telenor ijro etuvchi vitse-prezidenti Morten Karlsen javob beradi.
Izoh (0)