O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri boshchiligidagi delegatsiya 2015-yilning 15-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari Kengashining Ostona shahridagi (Qozog‘iston Respublikasi) navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
MDH ishtirokchi davlatlari tashqi siyosat idoralari boshliqlari Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlik istiqbollari, Davlat rahbarlari Kengashining bo‘lajak yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qilishlari hamda xalqaro va mintaqaviy kun tartibning ba’zi masalalari yuzasidan fikr almashishlari kutilmoqda.
Izoh (0)