Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasida 12-oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi nomidan Hamdardlik kitobiga qayd kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur kitob 10-oktabr kuni Turkiya poytaxti Anqara shahrida yuz bergan terrorchilik harakati qurbonlari xotirasiga Turkiyada e’lon qilingan uch kunlik motam munosabati bilan ochilgan.
“O‘z navbatida elchi Namik Guner Erpul Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on nomiga yo‘llangan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov maktubidagi dalda va hamdardlik so‘zlari uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh (0)