Futboldagi faoliyatdan chetlatilgan FIFA prezidenti Yozef Blatter ortga chekinish niyatida emas. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
“Men jangchiman, — deya ma’lum qilgan Blatter Shveysariyaning Schweiz am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida. — Meni yo‘q qilishlari mumkin, ammo hayotim mazmuni bo‘lgan ishimni barbod qila olishmaydi”.
Eslatib o‘tamiz, 8-oktabr, payshanba kuni xalqaro futbol federatsiyasi axloq qo‘mitasi Blatter, UEFA prezidenti Mishel Platini va FIFA bosh kotibi Jerom Valkeni lavozimlari hamda futbolga oid barcha faoliyatdan 90 kun muddatga chetlatdi.
Blatter va Platini mazkur qaror yuzasidan appelyatsiya berdi.
Izoh (0)