Rossiya futbol ittifoqi rahbari Vitaliy Mutko Moldova terma jamoasi ishqibozlarining Rossiyaga qarshi o‘yindagi xulqi haqida UEFAni boxabar qilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Yevro-2016 saralash bahslari doirasida Moldovada bo‘lib o‘tgan bahs 2:1 hisobida Rossiya terma jamoasi g‘alabasi bilan yakuniga yetgan edi.“Agar uchrashuv hisobotida moldovalik futbol ishqibozlarining haqoratli hayqiriqlari haqida ma’lumot keltirilmagan bo‘lsa, bunga UEFA e’tiborini RFI qaratadi”, — dedi Mutko.
Qayd etishlaricha, uchrashuv davomida Moldova terma jamoasi muxlislari o‘yin davomida Rossiya terma jamoasi sha’niga noma’qul hayqiriqlardan foydalangan.