Xitoyda josuslikda gumon qilinib qo‘lga olingan yaponiyalik fuqarolar soni to‘rt nafarga yetdi. Bu haqda “Kommersant.ru” yapon OAVga tayanib xabar beradi.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning iyun oyida Shanxayda yapon ayolining qo‘lga olinganligi haqida faqat hozir ma’lum bo‘lgan.
Manbalardagi ma’lumotlarga qaraganda, yozda qo‘lga olingan 50 yoshli yaponiyalik ayol Tokioning Sindzyuku tumanidagi maktablardan birida dars bergan. Xitoyda hibsga olingan uch nafar yaponiyalik fuqaro ma’lumotlarni noqonuniy to‘plaganlikda ayblanmoqda.
Izoh (0)