Rossiyaning Xanti-Mansi muxtor okrugida 11-oktabr, yakshanba kuni qulagan gidrosamolyotning ikkinchi jabrlanuvchisi hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmadi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Avvalroq, okrugda gidrosamolyot qulagani, ag‘darilib yotgan samolyotni havodan xususiy vertolyot ekipaji aniqlagani ma’lum bo‘lgandi.
Vertolyot gidrosamolyot yoniga qo‘nganidan so‘ng, aviahalokat natijasida samolyot uchuvchisi vafot etgani, yana bir kishi esa tan jarohati olgani ma’lum bo‘lgandi.
Xabar berishlaricha, gidrosamolyot tegishli ruxsatnomasiz parvoz qilayotgan bo‘lgan.
Izoh (0)