Eron mudofaa vaziri, general Husayn Degxan uzoq masofaga mo‘ljallangan yangi raketa sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Eronning IRNA agentligining generalga asoslanib qayd etishicha, raketa nishonlarni yuqori aniqlikda urish va yo‘q qilish imkoniyatiga ham ega.
Emad raketasi uzoq masofadagi nishonga yetib borguniga qadar boshqarish va nazorat qilish mumkin bo‘lgan Eronning dastlabki raketasi hisoblanadi.
Mudofaa vazirining qayd etishicha, “yer — yer” tasnifidagi mazkur raketa eronlik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilib, tayyorlangan. “O‘z mudofaa dasturini rivojlantirish uchun Eronga hech kimning ruxsati kerak emas”, — deya qo‘shimcha qildi general.
Izoh (0)