Moskva shahrida Rossiya muftiylar kengashi raisi Ravil Gaynutdin rahbarligida, shuningdek, shahar meriyasi va Rossiya Madaniyat vazirligi ko‘magida tashkil etiladigan qorilar musobaqasida 44 mamlakat vakillari qatnashadi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Musobaqada bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi. Xususan, Qur’ondan parchalarni yoddan aytib berish, Islom dini tarixi va eng yaxshi hofiz yo‘nalishlari shular jumlasidandir. Makkadagi al-Haram masjidining nufuzli imomi tanlovning maxsus mehmoni bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Moskvadagi qorilar musobaqasi 2010-yildan buyon YuNЕSKO bayrog‘i ostida o‘tkazib kelinadi.
Izoh (0)