Avstraliyada uzun va to‘g‘ri chiziqli narsalar ko‘p, deb yozadi BigPicture.
Masalan, hech qayerida burilish joylari yo‘q 145 kilometrlik shosse, to‘g‘ri chiziqli 478 kilometrlik temiryo‘l va fermani yovvoyi dingo itlaridan himoya qilish maqsadida qurilgan, jahondagi eng uzun — 5,6 ming kilometrlik to‘siq.
Viktoriya shtatidagi “To‘qson mil” plyaji — jahondagi eng uzun uzilmas plyajlardan biridir. Plyajning uzunligi 151 kilometrga teng. Plyaj ortida Bass bo‘g‘ozini janubiy yarim shardagi eng katta ko‘llar tizimi — Gippslenddan ajratib turuvchi qumtepalar joylashgan.
Plyaj va sohilbo‘yi suvlari biologik jihatdan xilma-xilligi bilan shuhrat qozongan: 10 kvadrat metr maydonda 860 ga yaqin turlarni topish mumkin.
Izoh (0)