Qozog‘istonning Turkiston shahrida bir erkak aka-ukalari, xotini va qizini o‘ldirdi. Bu haqda, Janubiy Qozog‘iston viloyati ichki ishlar departamenti matbuot xizmatiga asoslanib, Tengrinews xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, kuni kecha 30 yoshli erkak bir necha kishini o‘ldirgan. “Rashk sabab u travmatik to‘pponchadan o‘z ayoli va yaqin qarindoshlari — ikki aka-ukasi va 2010-yilda tug‘ilgan qizini otib tashlagan, so‘ng o‘z joniga qasd qilishga uringan”, — deyiladi politsiya xabarida.
Qayd etishlaricha, uning 1963-yilda tug‘ilgan onasi va 2009-yilda tug‘ilgan o‘g‘li, shuningdek, gumonlanuvchining o‘zi shahar kasalxonasining reanimatsiya bo‘limida og‘ir ahvolda yotibdi.
Hodisa joyidan topilgan kalibri 9 millimetr bo‘lgan Streamer rusumli travmo-to‘pponcha uchta gilza, ikki patron, sport ganteli va elektroshoker politsiya tomonidan daliliy ashyo sifatida olingan, dastlabki tergov harakatlari boshlangan.
Izoh (0)