Turkiya poytaxti Anqaradagi portlash qurbonlari soni 30 kishiga yetdi, 126 kishi yaralangan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Ayni paytda ushbu portlashlar munosabati bilan bosh vazir Ahmad Dovudo‘g‘li tomonidan chaqirilgan Turkiya xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Rasmiylar portlashlarni terrorchilik hujumi sifatida baholagan.
Eslatib o‘tamiz, 10-oktabr, shanba kuni ertalab Anqaradagi temiryo‘l vokzali atrofida ikkita kuchli portlash ro‘y bergan. U yerda kasaba uyushmalarining namoyishi o‘tkazilayotgan edi.
Izoh (0)