Gvatemalaning markaziy qismida yuz bergan ko‘chki qurbonlari soni 263 kishiga yetdi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar bermoqda.
Oldinroq 215 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.
Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Santa-Katarina-Pinula munitsipalitetidagi Kambray-2 qishlog‘ining 370 dan ortiq aholisi bedarak yo‘qolgan, deb taxmin qilinmoqda. Ko‘chki 2-oktabrga o‘tar kechasi mazkur aholi yashash punktini yuvib ketgandi.
Avvalroq hodisa joyida vayrongarchiliklarni tartibga solish ishlari 11-oktabrga qadar davom etishi ma’lum qilingandi. Qutqaruv operatsiyasini to‘xtatish yoki davom ettirish bo‘yicha yakuniy qaror 12-oktabrda qabul qilinishi kutilmoqda.
Sakkiz kunlik qidiruv-qutqaruv ishlarida 550 dan ortiq odam va o‘nlab texnika qatnashdi. Omon qolganlar esa tabiiy ofatdan keyingi dastlabki kunlarda topildi, xolos.
Izoh (0)