Turkiya poytaxti Anqaradagi temiryo‘l vokzali yaqinida ikkita portlash ro‘y berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Portlash oqibatida ko‘pchilik halok bo‘lgani va jarohatlangani aytilmoqda. Noma’lum kimsa kasaba uyushmalari va Turkiya tibbiyot palatasi tomonidan o‘tkazilayotgan namoyish chog‘ida 2 ta portlovchi qurilmani ishga tushirgan.
Hodisa tafsilotlari aniqlanmoqda, portlash joyiga tibbiy yordam mashinalari jo‘natilgan.