Isroilda sovuq qurol bilan qurollangan falastinlik terrorchilar tomonidan yangi hujumlar sodir etildi, deb xabar beradi Reuters.
Tel-Avivdagi harbiy shtab yaqinida bosqinchi to‘rt nafar jabrlanuvchi, jumladan isroillik askarga ham sanchish vositasi yordamida shikast yetkazdi. Qochishga uringan bosqinchini boshqa harbiy xizmatchi otib o‘ldirdi.
Tel-Avivdagi hujumdan so‘ng, tez orada Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi Qiryat Arbada falastinlik bir erkak kishiga jarohat yetkazdi.
Bundan tashqari, Quddusda falastinlik yahudiy diniy o‘quv muassasasining talabasini yaraladi. Politsiyaning ma’lum qilishicha, bosqinchi voqea joyida qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Quddusning g‘arbiy qismida 4-oktabrga o‘tar kechasi pichoq bilan qurollangan falastinlik isroillik o‘tkinchini yaralagan edi.
Izoh (0)