Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Bryusselga tashrifi chog‘ida Belgiya va Turkiya xavfsizlik xizmati agentlari o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Jiddiy mushtlashuv qirollikning xalqaro aloqalar instituti binosida yuz berdi. Turkiya rahbari tashrif buyuradigan binoning xavfsizligini tekshirish masalasida mojaro yuzaga keldi.
Erdo‘g‘onning qo‘riqchilari belgiyalik xavfsizlik xizmati agentlarining Bryusselga chet el davlatlarining rahbarlari tashrif buyurganda binolarni tekshirish ularning vakolatiga kirishi to‘g‘risidagi shartini mensimadi.
Yuzaga kelgan qarama-qarshilik oqibatida turkiyalik qo‘riqchi belgiyalik agentni tirsagi bilan turtdi. Bunga javoban belgiyalik agent uni oyog‘idan yiqitib, polga taqadi.
Izoh (0)