“Checheniston yuragi” masjididan respublika rahbari Ramzan Qodirov tomonidan ehson tariqasida Moskva jome’ masjidiga yetkazilgan Muhammad (s.a.v) payg‘ambarning soch tolasini bir necha soat mobaynida besh mingga yaqin odam ko‘rdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
RF musulmonlari diniy idorasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu kutilganidan ko‘ra 2,5 marta ko‘proqdir.
“Yodgorlikni ko‘rish uchun shuncha odam kelganligiga qaramasdan, hammasi tinch va baxtsiz hodisalarsiz o‘tdi. Tashrif buyurgan dindorlar orasida erkaklar ham, ayollar ham bor edi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Payg‘ambarning soch tolasi saqlanayotgan kapsula masjidga Moskva vaqti bo‘yicha 19:00 (Toshkent vaqti bo‘yicha 21:00) atrofida yetkazildi. Mahalliy vaqt bo‘yicha 23:30 ga qadar masjidga kirishga ruxsat berildi.
Eslatib o‘tamiz, Moskva jome’ masjidiga Muhammad (s.a.v) payg‘ambar sochini ko‘rishga ikki mingga yaqin kishi kelishi taxmin qilingan edi.
Izoh (0)