Qozog‘istonning Petropavlovsk shahrida yashovchi yetti yoshli Botirxon Sagandikov murakkab matematik misollarni osonlik bilan og‘zaki hisoblaydi. Bu haqda Tengrinews xabar beradi.
Birinchi sinf o‘quvchisi soatni sekundlarga, dollarni tengega o‘gira oladi, biroq buni qanday hisoblab chiqqanligini tushuntirib bera olmaydi.
Botirxonning ota-onasi politsiyada ishlaydi. Zakovatli bola ularni birinchi marta 25 daqiqada 1,5 ming sekund borligini aytib hayratga solgan edi. “O‘shanda u o‘qishni ham, yozishni ham bilmasdi. U boshqa fanlardan biroz orqada qolayotgan bo‘lishi mumkin, biroq matematikani juda yaxshi ko‘radi”, — deydi yosh dahoning onasi Dinara Sagandikova.
Botirxon to‘rtinchi sinf uchun mo‘ljallangan misollarni og‘zaki yecha oladi. U 20 yoshda uylanishini va bu 2028-yilga to‘g‘ri kelishini hisoblab qo‘ygan.
Izoh (0)