“Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro nodavlat tashkilotining Qunduzdagi kasalxonasiga uyushtirilgan aviahujum qurbonlari soni 19 kishiga yetdi. Bu haqda tashkilot Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan, deya xabar beradi “RBK”.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, jami 12 nafar shifokor va 7 nafar bemor halok bo‘lgan. Shuningdek, 37 kishi jarohatlangan bo‘lib, ulardan 19 nafari tashkilot vakillaridir. Kasalxona bir soatdan ziyod bombardimon qilingani aytilmoqda.
Oldinroq amerikalik harbiylar kasalxonaga uyushtirilgan havo hujumlari uchun mas’uliyatni zimmasiga olgani va AQShning Afg‘onistondagi qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni general Jon Kempbell bombardimon uchun rasman kechirim so‘ragani xabar qilingan edi.
Izoh (0)