Yaman hukumati rasmiy vakili Rajex Badi avvalroq Yaman davlat telekanallaridan birida paydo bo‘lgan Eron bilan diplomatik aloqalarning uzilganligi haqidagi ma’lumotni rad etdi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
“Hukumat hozircha Eron bilan diplomatik aloqalarni uzish haqidagi masalani muhokama qilmadi, bunday qaror qabul qilinmagan”, — dedi Badi.
Avvalroq Yamanning Aden TV davlat kanali Yaman va Eron o‘rtasidagi aloqalarning uzilganligi haqida ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)