“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida gumanitar yo‘nalish bo‘yicha 107,8 ming AQSh dollari miqdoridagi 15 mingta grippga qarshi hamda 677 mingta (3,5 million AQSh dollari) gepatit B’ga qarshi vaksina keltirildi va joylarga yetkazildi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 23-martdan 1-aprelga qadar emlashning 1-bosqichi o‘tkazilgan va keksa yoshdagi 200 ming kishiga xizmat ko‘rsatilgan. 23-apreldan 23-iyungacha bo‘lib o‘tgan 2-bosqichda esa keksalar 100 foiz qamrab olindi.
23-iyundan 1-iyulgacha emlashning 3-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Avgust va sentabr oylarida tibbiyot xodimlari va talabalar immunizatsiyadan o‘tkazilgan. Ular o‘rtasidagi qamrov 61,2 foizni tashkil etgan va bu boradagi ishlar hali davom etmoqda.
Izoh (0)