Rossiyaning Sverdlovsk viloyati musulmonlari idorasi markaziy muftiyoti rahbari, muftiy Abdul-Quddus Asharinning taklifi bilan o‘zbekistonlik imom-xatiblardan to‘rt nafari 1-oktabr kuni Rossiyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda.
Rossiyaga yo‘l olgan imom-xatiblar tarkibidan Toshkent shahridagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Odilxon Ismoilov, “Nosirxon” jome masjidi imom-xatibi Jasur Raupov, “Do‘stjonboy ota” jome masjidi imom-xatibi Bahrom Atadjonov va Toshkent viloyati “Oq masjid” jome masjidi imom-xatibi Ibrohim Inomov o‘rin olgan.
“Imom-xatiblarimiz Yekaterinburg shahriga yetib borib, joylarda o‘zlarining diniy-ma’rifiy tadbirlarini boshladi”, — deyiladi idora xabarida.
Izoh (0)