Amerikaning Virjiniya shtati hukumati o‘zini aqli noraso deb tan olinishiga erishishga uringan ashaddiy qotilni qatl etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
AQSh Oliy sudi 1-oktabr, payshanba kuni qatlni kechiktirish haqidagi apellyatsiya shikoyatini rad etgandan so‘ng, oliy jazoning ijrosiga ruxsat berildi. 49 yoshli Alfredo Priyeto o‘limga olib keluvchi inyeksiya yordamida o‘ldirildi.
Priyeto yosh er-xotinni o‘ldirganligi uchun 2010-yilda Virjiniyada o‘lim jazosiga mahkum etilgan edi. Bundan tashqari u Kaliforniyadagi qotillikda ham ayblangan.
Izoh (0)