Rossiya harbiy-havo kuchlari 30-sentabr, payshanba kuni AQSh tomonidan qo‘llab kelinayotgan suriyalik isyonchilar egallagan hududga aviazarba bergan. Bu haqda The Wall Street Journal ma’lumotlariga tayanib, Meduza xabar bermoqda.
Isyonchilarning vakili Jamil Solihning aytishicha, ularning Xama provinsiyasidagi istehkomi zarbaga uchragan. “Biz IShIDga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan muxolifatdagi isyonchilarmiz, — deya ta’kidlagan Solih. — IShID jangarilari biz egallagan huddudan 100 kilometr narida joylashgan”.
Rossiya harbiy-havo kuchlari AQShdan ko‘mak olayotgan isyonchilarning istehkomlariga adashib yoki atayin zarba bergani haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)