Pxenyan Koreya yarim orolida keskinlikni kamaytirish bo‘yicha “konstruktiv muzokara” olib borish uchun o‘z shartini aytdi: AQSh ular bilan talabga to‘liq javob beradigan tinchlik bitimi imzolashi kerak. Bu haqda 1-oktabr, payshanba kuni KXDR tashqi ishlar vaziri Li Su Yon BMT Bosh Assambleyasi 70-sessiyasidagi umumsiyosiy munozarada aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
1950—1953-yillardagi Koreya urushiga nuqta qo‘ygan yarashuv sulhiga AQSh general-leytenanti va shimoliy koreyalik general imzo qo‘ygan edi.
Pxenyan 2010-yildan buyon AQSh bilan tinchlik bitimi tuzish haqida muzokaralarga kirishish niyatini bildirib keladi, biroq ikki tomon ham bu borada jiddiy qadamlar qo‘ymagan.
Izoh (0)