Eronning futbol bo‘yicha ayollar milliy terma jamoasidagi sakkiz o‘yinchi jinsni o‘zgartirish bo‘yicha operatsiyani kutayotgan erkaklar bo‘lib chiqdi. Bu haqda Eron OAVlariga tayanib, Daily Mail xabar berdi.
Erkak o‘yinchilar Eronning ayollar futboli chempionatida ham qatnashib ulgurgan. Sportchilar gender sinovlaridan o‘ta olmagach, yolg‘on fosh bo‘ldi.
Mojaro tufayli Eronning futbol mansabdorlari mamlakatning barcha milliy jamoalari hamda Eron chempionatidagi yetakchi o‘yinchilarning jinsini tekshirib ko‘rish majburiyatini oldi.
Nashr eslatishicha, Eronda 2010 va 2014-yillarda ham ayollar termasidagi ba’zi o‘yinchilar gender sinovlaridan o‘ta olmagan va natijada vaqtinchalik diskvalifikatsiya qilingan edi.
Izoh (0)