Yangi Zelandiya Kermadek orol yoyi hududida maydoni 620 ming kvadrat kilometrga teng dengiz qo‘riqxonasini yaratadi, deya xabar bermoqda Interfax. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jon Key BMTning Nyu-Yorkdagi Bosh Assambleyasidagi nutqida aytib o‘tgan.
Ushbu hudud keng bioxilma-xillikka ega, xususan, u yerda delfin va kitlarning 35 ta, baliqlarning 150 ta va dengiz toshbaqalarining 3 ta turi yashaydi.
Qo‘riqxona maydoni Yangi Zelandiya butun hududining yarmiga teng bo‘ladi va mamlakat iqtisodiy hududining 15 foizini o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)