Professional boksning superog‘ir vazn toifasida WBA (Regular) yo‘nalishi chempioni o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev Puerto-rikolik Fres Okendoga qarshi o‘tkaziladigan revansh jangiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Ushbu jang 17-oktabr kuni Germaniyaning Kil shahrida o‘tkaziladi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Chagayev 2014-yilning iyul oyida Grozniyda ochkolar hisobi bo‘yicha Okendoni mag‘lubiyatga uchratgandi. O‘sha jang uchun imzolangan shartnoma bandida Chagayevning Okendoga revansh taqdim etishi ko‘rsatilgandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Chagayev Germaniyada birinchi raundning o‘zida italiyalik Franchesko Pyanetani nokautga uchratgandi. Bu Ruslanning ilk himoya jangi edi. O‘zbekistonlik bokschi bu chempionlik kamarini aynan Okendoni mag‘lub etib, qo‘lga kiritgandi.
Izoh (0)