Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish qo‘mitasi O‘zbekiston chempionati 23-turi doirasida, 2015-yilning 25-sentabrida “Paxtakor” markaziy stadionida o‘tkazilgan Toshkentning “Paxtakor” va Bekobodning “Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi 3:2 hisobida “Paxtakor” g‘alabasi bilan tugagan o‘yinning video tasvirini o‘rganib chiqib, “Metallurg” PFK uchrashuvning 83-daqiqasidan keyin namoyish qilgan o‘yini shubhali va sport prinsiplariga zid tus olganini aniqladi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
O‘yin davomida “Metallurg” PFK “Paxtakor” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan edi. Biroq “Metallurg” himoyachilarining o‘yin so‘ngidagi harakatlari ikki bora darvozalari tomon o‘n bir metrlik jarima to‘pi belgilanishiga olib keldi. O‘yin esa 3:2 hisobi bilan “Paxtakor” foydasiga yakunlandi.
Shu o‘rinda savol paydo bo‘ladi: bunday shubhali g‘alaba “Paxtakor” rahbariyati va uning muxlislariga kerakmi?
Ta’kidlash kerakki,“Metallurg” bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov O‘zbekiston milliy terma jamoasida faoliyat olib borgan, O‘zbekiston chempionati oltin medallari sohibi bo‘lgan mamlakatning eng tajribali va malakali mutaxassislaridan biri hisoblanadi. Mana bir necha yillardan buyon u “Metallurg” futbol klubini boshqarib kelmoqda. Shuni ham qayd etish kerakki, “Metallurg” 2015-yilgi O‘zbekiston chempionatida yaxshi natijalar qayd etib kelmoqda va yetakchi jamoalar uchun eng noqulay raqiblardan hisoblanadi.
Biroq Mirsodiqovning murabbiy sifatida erishgan bu yutuqlariga qaramay,
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroqo‘miQaror qiladi:
1. 2015-yilning 24-sentabr kunida o‘tkazilgan “Paxtakor” (Toshkent) – “Metallurg” (“Bekobod”) uchrashuvi 83-daqiqasidan boshlab, sport prinsiplariga va etikasiga zid bo‘lgan, deb hisoblansin.
2. O‘FF tartib-intizom kodeksining 2-bo‘lim, “g” punktiga asosan, Bekobodning “Metallurg” futbol klubi bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqovning litsenziyasi 2015-yilgi mavsum so‘ngiga qadar qaytarib olinsin.
3. O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi (F.Magametov) tomonidan O‘FF ijroqo‘mining ushbu qarorini amalga oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilsin.
Izoh (0)