Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federatsiya kengashiga Rossiya Qurolli kuchlaridan chet davlatlarda foydalanishga ruxsat berish taklifini ko‘rib chiqish uchun kiritdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmatiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Rossiya prezidenti Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 102-moddasi 1-bo‘lim, “g” punktiga asosan Federatsiya kengashiga mamlakat Qurolli kuchlaridan xalqaro prinsip va huquq normalarini inobatga olgan holda Rossiya Federatsiyasi hududidan chetda foydalanish taklifini kiritgan.
Izoh (0)