Rossiyalik harbiylar faoliyatida ishtirok etayotgan Iroq poytaxti Bag‘doddagi axborot markazi terrorizmga qarshi kurashayotgan barcha mamlakatlar uchun ochiq. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh rahbari Barak Obama bilan uchrashuvidan so‘ng ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Biz Bag‘dodda faoliyatini boshlagan axborot markazi terrorizmga qarshi kurashish niyatida bo‘lgan barcha mamlakatlar vakillari uchun ochiq ekanligini aytganmiz”, — deya ta’kidlagan Putin.
Eslatib o‘tamiz, Iroq rasmiylari 27-sentabr kuni Rossiya va Suriya bilan IShIDga qarshi kurashda hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani to‘g‘risida e’lon qilgan.
Izoh (0)