Rossiya parlamentining yuqori palatasi — Federatsiya Kengashi mamlakat Qurolli kuchlaridan chet elda foydalanishni bir ovozdan ma’qulladi. Bu haqda Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbari Sergey Ivanov ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ivanovning aytishicha, Vladimir Putin Federatsiya Kengashiga Suriya masalasida shunday murojaat bilan chiqqan.
Ma’muriyat rahbari Tojikistonda o‘tgan asrning 90-yillari shunday vaziyat yuzaga kelgani va terrorizmga qarshi kurash maqsadida xorijda harbiy kontingentdan foydalanishga ruxsat berilganini eslatib o‘tdi.
Izoh (0)