Odessa (Ukraina) gubernatori, Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Gruziyaga qaytish ehtimoli yo‘q emasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
“Gruziyaga kuzda ham qaytishim mumkin, u yerda hech kim meni hatto chertmaydi, — deya ta’kidlagan Saakashvili. — Ammo bu vaziyatda voqealarning keyingi rivojini taxmin etish mumkin: Tbilisidan uncha uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan rus qo‘shinlari Armaniston orqali yo‘l topib, mamlakatni qismlarga bo‘lib tashlaydi. To Putin ketmaguncha yoki hokimiyati zaiflashmaguncha Gruziyaga qaytishim osonlikcha bo‘lmaydi”.
Saakashvili 5 yildan so‘ng ham Ukrainada qolishi mumkinligini ham istisno qilmadi. “Men bu mamlakatni juda yaxshi ko‘raman. Qolaversa, Gruziyaning xalos bo‘lishi ham Ukraina bilan uzviy bog‘liq”, — deb fikr bildirgan sobiq prezident.
Izoh (0)