28-sentabr, dushanba kuni soat 07:30 atrofida noma’lum kimsa AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi hududiga ikkita qo‘lbola yonuvchi qurilmani tashladi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Amerikaning Qo‘shma Shtatlari elchixonasi saytida yozilishicha, qurilmalardan biri portlagan. Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan.
Elchixona vaqtincha o‘z faoliyatini to‘xtatdi, ammo birozdan keyin ishni qayta tikladi. Xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Xabarda aytilishicha, elchixona mahalliy organlar bilan hamkorlikda hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Izoh (0)