“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida suvni zararsizlantirish uchun xlor tabletkalari ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi va ularni ishlab chiqarish uchun sanoat-tajriba qurilmasi yasaldi. Bu haqda “O‘zkimyosanoat” AJ rasmiy saytida aytiladi.
Mahsulotning sinov partiyasi ishlab chiqarildi, hozirda tegishli normativ hujjatlar va tavsiyanomalar tayyorlash ustida ish olib borilmoqda.
Xlor tabletkalaridan ichimlik va texnik suvni zararasizlantirish, suzish havzalarini, sanitar-texnik uskunalarni tozalash uchun foydalanish mumkin.
Izoh (0)