Yozef Blatterning muddatidan oldin iste’foga chiqishi FIFAda muhokama ham qilinmaydi. Bu haqda uning sobiq maslahatchisi Klaus Shtexlker ma’lum qildi, deb yozadi “Exo Moskvi”.
U nemis OAVlariga bergan intervyusida FIFA prezidenti o‘ziga nisbatan Shveysariyada jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan hech ham xavotirda emasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Blatter ajoyib kayfiyatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shveysariya FIFA rahbari Yozef Blatterga nisbatan jinoiy tergov boshlagan edi. Uni mas’uliyatsizlik va mol-mulkni noqonuniy o‘zlashtirib olishda ayblashmoqda. Blatter federatsiya uchun foydasiz bo‘lgan teletranslyatsiya shartnomasini tuzishda gumon qilinmoqda. Shartnoma 2005-yilda KONKAKAFning o‘sha paytdagi rahbari Jek Uorner bilan imzolangan. Bundan tashqari, FIFA prezidenti UEFA rahbari Mishel Platiniga noqonuniy pul o‘tkazganlikda shubha qilinmoqda. Bunda gap ikki million frank haqida bormoqda. Ushbu summani Blatter 2011-yilda to‘lagan.
Izoh (0)