AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lishdan voz kechgan Viskonsin shtati gubernatori Skott Uoker boshqa da’vogarlarni ham undan o‘rnak olishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Medison shahridagi chiqishi davomida Uoker bu tashabbusini respublikachilar orasida yetakchilik qilayotgan Donald Trampga raqobat qiluvchilar sonini kamaytirish bilan izohlagan.
Ayrim tahlilchilar Uoker aslida kampaniyani o‘tkazish uchun yetarli mablag‘ to‘plolmagani uchun saylovoldi jarayonidan chiqqanini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)