Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin 22-sentabr, seshanba kuni birinchi davlat tashrifi bilan AQShga keladi, deya xabar bermoqda “TASS”.
U dastlab Sietlga keladi va u yerda Amerika-Xitoy aloqalari bo‘yicha milliy qo‘mita hamda Amerika-Xitoy ishbilarmonlik kengashi tomonidan tashkil qilingan qabulda nutq so‘zlaydi. Qabulga siyosatchilar va ishbilarmonlik doiralari vakillari, xususan, AQSh sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer taklif qilingan.
Ikki kunlik tashrifdan o‘rin olgan asosiy hodisa 23-sentabrga mo‘ljallangan “Amerika-Xitoy internet sanoati forumi”dir. Unda Internetning Xitoy segmenti rahbari Lyu Vey, shuningdek, Baidu, Alibaba, Apple, Microsoft, Amazon kabi 30 ta Xitoy va Amerika kompaniyalari rahbarlari qatnashadi.
Izoh (0)